• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputat Rasul Kusherboyev o‘ziga nisbatan bosim bo‘layotganini ma’lum qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev odamlarning muammolarini hal etishda turli yo‘llar bilan shaxsan o‘ziga nisbatan bo‘layotgan bilvosita bosimlar haqida “XXI asr” gazetasida yozib chiqdi. Lekin aynan kim, qachon va nima sababdan bosim qilganiga oydinlik kiritmagan, deb aniqlik kiritadi “Turon 24”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “‘Qishloq qurilish invest’ injiniring kompaniyasi bir guruh fuqarolarni asossiz sarson qilayotgani, o‘zining yashirin ishlarini Prezident qarori bilan xaspo‘shlashga urinayotganini ko‘rib, bu bo‘yicha asosli tushuntirish berishni so‘rab kiritilgan deputatlik so‘rovlariga ayrim mas’ullar e’tiborsizlik qilmoqda”, — deb yozadi deputat. Qayd etish joiz, deputat Kusherboyev 2018-yil 19-sentabr kuni Facebook’dagi sahifasida “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi bosh direktori Qudratbek Hoshimbekovga deputatlik so‘rovi yuborganini ma’lum qilgan edi.

    So‘rovda Zangiota tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan maxsus komissiya fuqarolarning uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha fuqaroga keyinchalik injiniring kompaniyasi va tijorat bankiga taqdim etish uchun yozma tavsiya berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu tavsiyaning bir nusxasi talabgor tomonidan dastlabki shartnomani tuzish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun injiniring kompaniyasi filialiga taqdim etilishi lozim.

    Rasul Kusherboyev “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi Toshkent viloyati filiali tomonidan asossiz ravishda hokimliklardan qo‘shimcha hujjat talab qilish amaliyotining yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolarning shartnoma tuzish maqsadidagi arizalarini asossiz rad qilib, fuqarolarga nisbatan qo‘pol munosabat ko‘rsatilgani va yolg‘on ma’lumotlar berilgani hamda yuqorida qayd etilgan boshqa holatlar yuzasidan kompaniyaning bosh rahbari sifatida asoslantirilgan tushuntirish berish va mazkur tartibsizliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida 10 kunlik muddatda batafsil axborot taqdim etishni talab qilgan edi.

    8 oktyabr kuni Kusherboyev kompaniya bosh direktori hamda Adliya vazirligi tomonidan so‘rovlar bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi javoblar kelganini yozgandi. Adliya vazirligi yuborilgan so‘rov bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, 27-sentabr kuni Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan “Qishloq qurilish invest”ning Toshkent viloyati filiali rahbariyatiga taqdimnoma kiritgan. Xususan, o‘rganishda kompaniyaning viloyat filiali tomonidan hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga rioya etilmayotgani, fuqarolarning qonuniy taqdim etgan arizalarini asossiz rad qilgani, shartnoma tuzmagani va yana bir qator qonunbuzarliklar aniqlangani bildirilgan. Shuningdek, adliya xodimlari kompaniya filiali mas’ullarining fuqarolardan qo‘shimcha ravishda tuman hokimi tasdiqlaydigan ro‘yxatda bo‘lishini talab qilayotgani, qonuniy yozma tavsiyaga ega fuqarolarning shartnoma tuzishiga to‘sqinlik qilib kelganini bildirishgan. Bunday ro‘yxat hukumatning 103-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarida ko‘rsatilmagan.

    Shundan kelib chiqib, Adliya boshqarmasi o‘z taqdimnomasida “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi Toshkent viloyati filiali rahbari T.Turdiboyevdan kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning murojaatlarini hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda ko‘rib chiqish, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish va 10 kun ichida axborot taqdim etishni so‘ragan. Taqdimnoma qanoatlantirilmagan taqdirda Adliya boshqarmasi kompaniyani sudga berishi mumkinligi aytilgan. Deputat o‘sha postini “Korrupsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index)da O‘zbekistonning 180 ta davlat ichidan 157-o‘rinda turishiga bularning hech qanday daxli yo‘q lekin”, deya yakunlagandi.

    Rasul Kusherboyev o‘z maqolasida mansabdor shaxslar deputatlarning so‘rovlariga bepisandlik qilayotganini bot-bot takrorlagan.

    22.12.2018, 23:55   Izoh (0)   84287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov: Ichki ishlar xodimlari safida ayollar ko‘paysa, korrupsiya holatlari ham kamayadi

    22.12.2018, 23:13

    Toshkentda fuqaro Afrosiyob ko‘chasidagi binoni olib berishni va’da qilib, 167 ming dollar pulni “uxlatdi”

    22.12.2018, 22:33

    Abdulla Aripov rahbar ayollar sonini ko‘paytirish bo‘yicha taklif berdi

    22.12.2018, 22:12

    Pan Gi Mun: Men O‘zbekiston rahbarining zakovatiga, yetakchilik sifatlariga va Orol muammosini hal etish uchun ko‘rsatayotgan jonkuyarligiga lol qoldim

    22.12.2018, 21:53

    Tanzila Norboyeva: Qariyb 240 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlik xotin-qizlar ishlash uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketgan

    22.12.2018, 21:32

    Qarshi tumanidagi xonadonda gaz chaqnashi yuz berdi

    22.12.2018, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30

    “Isroil G‘azoda hech qachon tugamaydigan urush boshlamoqda” — Makron

    Dunyo | 12 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.