Mercedes-Benz kompaniyasi AQShning Pensilvaniya shtatidagi King of Prussia savdo markazida bir kunda bolalar uchun “yig‘ma shou-rum” ochdi. Mualliflarning g‘oyasiga ko‘ra, bu yerga tashrif buyuruvchi bolalar haqiqiy dilerlik markaziga tashrif buyurgandagi hissiyotlarni his qilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Lil Benz Dealership yozuvi ostida bir nechta o‘yinchoq mashinadan iborat ko‘rgazma yashiringan. Mashinalarning har birini sinovdan o‘tkazib ko‘rish mumkin. Markazda CLA AMG, GLS, SLS AMG va G-Class taqdim etilgan. Ularning yoritgichlari, dvigatelni ishga tushirish tugmalari va ovozli signallari ishlaydi. Lil Benz Dealership markaziga kirgan bola mashinalarni ishlatish bo‘yicha qo‘llanma shaklida tayyorlangan bo‘yash uchun kitobcha, shuningdek, shaxsiy haydovchilik guvohnomasi olishi mumkin.
Izoh (0)