2015-yilda Qozog‘iston Ma’muriy hududiy huquqbuzarliklar kodeksida tilanchilik uchun jarima solishni ko‘zda tutuvchi jazo kiritilgan. Biroq, qonunchilikdagi bu o‘zgarish hech qanday natija bermagan, deya xabar berdi Spot.
Tilanchilarning soni kamaymaganligi jarimalar kabi jazo choralari bilan bu ijtimoiy muammoni hal qilib bo‘lmasligini ko‘rsatgan. Keyin, sadaqa so‘ragan odamdan qanday qilib jarima undirish mumkin?Ma’lumot uchun:Shaharning chekkalari, bozorlar, stansiyalar, masjidlar va cherkovlar yaqinidagi hududlar atrofidagi ahvol ijtimoiy tanglikni aks ettiradi.
Aksariyat hollarda bunday insonlar ichkilikka ruju qo‘ygan, giyohvand va boshqa jiddiy kasalliklarni tashuvchilar sanaladi. Hozir sovuq ob-havoning boshlanishi bilan, muammo yanada avj oladi — boshpana izlab, uysizlar turar joy binolarining yo‘laklari va yerto‘lalariga joylashadi.
Uysizlar va tilanchilarning aksariyati bunday ijtimoiy hayot tarziga hayotning qiyin sharoitlari emas, balki oddiy erinchoqlik, ishyoqmaslik, boqimandalik sababli tushib qolgan. Mehr va shafqatli fuqarolar esa sadaqa berib, tekinxo‘rlikni rag‘batlantirish orqali katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, tilanchilarni emas, xorijiy mamlakatlarning misolida ularga berayotganlarni jarimaga tortish maqsadga muvofiq.
Shokir Xaxazov, Deputat
Dekabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Senati tilanchilik uchun qo‘llaniladigan jazoni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Endi buning uchun eng kam ish haqining 1 dan 3 barobarigacha jarima yoki 15 kungacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi. Agar qonunbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, jamoat ishida 240 soatgacha bo‘lgan ish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Izoh (0)