Qozog‘istonda 2025-yilga qadar elektr energiyasining cheklangan tariflari tasdiqlandi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, tariflar vazirning 2018-yil 14-dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2019-yildan 2025-yilga narxlar oshirilmaydi.
Masalan, “Ostona-Energiya” AJ (9-guruh) uchun eng so‘nggi tariflari 1 kVt soatiga 4,87 tengeni tashkil qiladi, “Olmaota elektr stansiyalari”, “Qapshagay GES”, “Kaskad” GES (26-guruh) — 8,33 tengeni, “Ekibastuz” GRES—1 (1-guruh) – 5,76 tengeni tashkil qiladi.
Izoh (0)