Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlaridagi yangi raketalar O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomani buzmaydi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, X-101 raketalarini strategik qurollar qatoriga kiritish mumkin, chunki tovushdan tez uchuvchi “Tu-160” samolyotlari ularning eltuvchilari hisoblanadi. Masofa bo‘yicha bu raketalar o‘rta uzoqlikdagi raketalar hisoblanadi.
Vladimir Putinning qayd etishicha, o‘z texnik tavsiflariga ko‘ra yangi raketalar O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomani buzmaydi.
Izoh (0)