Rossiya prezidenti Vladimir Putin banklarga ko‘chalarda valyuta almashtirish kurslarini ko‘rsatuvchi tablolar o‘rnatishni taqiqlash haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat Rossiya rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.
Endi mamlakatda valyuta kurslarini faqat banklar ichidagi bo‘limlarda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Rossiya bankining fikricha, bu noqonuniy valyuta almashtirish shoxobchalariga qarshi kurashda yordam beradi. Noqonuniy shoxobchalar ko‘pincha pullarni naqdlashtirish va pul yuvish uchun foydalaniladi.
Bundan tashqari, hujjat Rossiya rezidentlari uchun qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshirish huquqini o‘rnatdi. Bunga qadar mazkur operatsiyalar faqat banklar tomonidan amalga oshirilgan.
Izoh (0)