“O‘zavtosanoat” AJ va PSA Groupe (Fransiya) kompaniyasi Jizzax viloyatida avtomobil zavodini qurish loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” xabarida aytiladi.
Kompaniyalar o‘rtasidagi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
Hozirda obyektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli kontraktlar tuzilgan.
Shu bilan birga, boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar.
Loyihaning kelgusi borishi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
Izoh (0)