• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek adabiy tili vs Toshkent shevasi: “kim ustun” poygasi qachon tugaydi?

    Jahonda minglab tillar mavjud. Ko‘p tillilik deb ataladigan tillar orasidagi farq odatiy va tabiiy hodisadir. Xuddi shu kabi, bir tilning tarkibida ham turli ko‘rinishlari mavjud. Tillarning xilma-xilligi ko‘p tillilik bilangina cheklanib qolmaydi: bir til ichida turli variantlar bo‘ladi.

    Nutqda turli variantlar paydo bo‘lishi uchun so‘zlovchining ijtimoiy mavqei, jinsi, yoshi, u yoki bu etnik guruhga tegishliligi, geografik joyi, kasbi va iqtisodiy kelib chiqishi kabi son-sanoqsiz manba va omillar bor. Til qo‘llaniladigan ijtimoiy sinf yoki guruh turli xil bo‘ladi. Yosh so‘zlovchilarda o‘z maxsus nutq namunalari bo‘ladi, va ko‘plab jamiyatlarda turli ijtimoiy sinflar nutq namunalari orasida jiddiy farqlar mavjud. Shaxsning nutqidan kelib chiqib uning jinsini, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, qaysi kasb egasi ekanligini yoki savodlilik darajasini belgilasa bo‘ladi, deb yozadi “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida o‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbek tilining turli ko‘rinishlarini har xil omillar bilan shakllantirsa bo‘ladi. U har xil usullar va tilning turli darajalarida amalga oshiriladi. Ba’zan o‘zbek tilidagi farqlar so‘zlovchilar boshqa-boshqa geografik joylardan kelib chiqqanligida ham kuzatiladi. O‘zbekistonda 12 ta viloyat va bitta respublika mavjud. Bu omil ko‘p millatli O‘zbekistonning boyligidir va o‘zbek adabiy tili barchani birlashtirishi lozim. Ingliz tilini misol qilib oladigan bo‘lsak, u bittagina tildan emas, balki u bir necha shevalar xilma-xilligidan iborat. Biroq ingliz tilining Britaniya adabiy talaffuzi (received pronunciation) deb nomlanuvchi nufuzli, maktabda va OAVda qo‘llaniladigan shu bitta variantigina abadiy sanaladi.

    Tilda nima “to‘g‘ri”, nima noto‘g‘ri?

    O‘zbek tili qo‘llaniladigan o‘ziga xos ijtimoiy vaziyat til variantlari shakllanishiga olib kelishi mumkin. Alohida odamlar nafaqat o‘z mintaqa va ijtimoiy shevalarida, balki vaziyatga qarab ham so‘zlashadi. Muayyan vaziyatda odamlar o‘z fikrlarini aniq ifoda qilish yo‘li uslub deyiladi. Uslub nutqning nima “to‘g‘ri” va nima “noto‘g‘ri” ekanligi haqidagi tushunchasini aks ettiruvchi ko‘rinishidir.

    O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar o‘zlari hozir bo‘lgan ijtimoiy vaziyatning turiga qarab tilning turli shakllaridan foydalanadi. Masalan, shaxsning uchrashuvdagi nutqi va biror do‘sti bilan suhbati chog‘idagi nutqini olsak, birinchi holatda nutq rasmiylik, ikkinchi holatda esa norasmiylik, erkinlik bilan ifodalanadi. Xuddi shu kabi, farzandlarimiz, turmush o‘rtoqlarimiz bilan, hukumat xodimlari bilan, universitetda, restoranda va boshqa joylarda turli nutq shakllari/usullarini qo‘llaymiz. Afsuski, hozirgi kunda rasmiy vaziyatlarda o‘zbek tilining norasmiy ko‘rinishi va shevalarini aralashtirib ishlatuvchi juda ko‘p so‘zlovchilarning ba’zilari adabiy o‘zbek tili mavjudligidan umuman xabarlari ham yo‘q. Bunday odamlar xonadonlarida qanday muloqot qilsalar, rasmiy vaziyatlarda ham xuddi shunday muloqot uslubini davom ettiradi.

    Adabiy tilga “til normasi” (standart) deb tasnif bersa ham bo‘ladi. Bu tushuncha keng jamoatchilik tomonidan qabul qilingan va o‘quv va ilmiy muassasalarida qo‘llaniladi. Masalan, AQShda ko‘plab mintaqaviy, etnik va jamoatchilik shevalari mavjud. Biroq hukumat hujjatlari, ilmiy maqolalar, darsliklar va rasmiy hukumatga bog‘liq ommaviy axborot vositalarida amerikacha ingliz adabiy tilida yoziladi.

    Inson o‘zi bolalikdan ishlatib kelgan va odatiy, har kunlik vaziyatlarda, ijtimoiy o‘zaro muloqotda kundalik hayotlarida qo‘llaydigan tilni tilshunoslar og‘zaki til deb ataydi. Ijtimoiy hayotda qo‘llanilganda og‘zaki nutq ko‘p hollarda salbiy bahoga duch keladi. Afsuski, Toshkent og‘zaki tili o‘zbek adabiy tili salohiyatini pasaytirib yubordi va uni kundalik hayotdan qariyb siqib chiqardi. Ommaviy axborot vositalari, TV dasturlarda va ma’ruzalarda Toshkent shevasini ko‘p qo‘llash quyidagi muammolarga olib keladi:

    • Qo‘shni mamlakatlarda yashaydigan va “toza” o‘zbek tilida so‘zlaydigan o‘zbeklar so‘zlar, aksent/lahja, so‘z tartibi va ba’zi so‘zlarning ma’nolarini tushunishda qiyinchililkarga duch kelishlari mumkin;
    • Adabiy tilni o‘rganayotgan chet ellik talabalar O‘zbekistonga tashrif buyurishganda yoki o‘zbek tilini o‘rganish uchun onlayn vositalardan foydalanganda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin;
    • Toshkent shevasida ko‘p so‘zlashadigan va shu muhitda yashaydigan insonlar uni adabiy o‘zbek tili deb faraz qilishlari mumkin va uni keraksiz joylarda ham ishlatishlari mumkin;
    • Bunday holat adabiy o‘zbek tili va Toshkent shevasi orasida keraksiz musobaqa keltirib chiqarishi mumkin;
    • Xorazm, Buxoro yoki Samarqand shevalarida so‘zlovchilar bu holatga qarshi davo qilib, o‘z shevalarini Toshkent shevasi mavqesiga chiqarishni taklif qilishlari mumkin. Chunki Toshkent shevasi TV dasturlar va kinoda o‘zbek adabiytili o‘rnida ishlatilsa bo‘lar ekan, nega Xorazm shevasini xuddi shu tarzda ishlatish mumkin emas ekan? Sahnada Xorazm shevasida so‘zlaganliklari uchun odamlarga tanbeh berilganligini shaxsan guvohi bo‘lganman. Demak, bu holat mintaqalar orasida nosog‘lom muhit va musobaqa keltirib chiqaradi.
    Tilimizni standartlashtirishni aniqlash uchun qilinadigan boshqa urinishlarni o’rganish uchun foydali bo’lishi mumkin:
    • Rasmiy yoki ijozat/vakolatli (universitetlar tomonidan va hok.)
    • Ijtimoiy yoki munosabat kodlashtirish: ba’zi/muayyan variantlar, lahja/aksentlarga ijtimoiy ma’qullash va ijobiy munosabat.
    • Ta’limni kodlashtirish: lug‘atlar, ommaviy axborot vositalari, o‘qituvchilar tayyorlash, darsliklarni, maktab grammatikasinistandartlashtirish, va hok.
    • Psixologik kodlashtirish: cheklovlar belgilash.
    O‘zbek tilini standartlashtirish

    Odatda bu vazifa grammatika, imlo kitoblari, lug‘atlar ishlab chiqish va balki adabiyotni rivojlantirishni nazarda tutadi. O‘zbek tili qariyb to‘la standartlashtirilgan va uni maxsus o‘rgatish, o‘qishning imkoni mavjud. Bugunga kunga kelib o‘zbek tili iqtisodiy, siyosiy va madaniy birlashuvning keng ma’nodagi jarayonining bir qismiga aylandi va milliylikni, millat-davlatni o‘rnatish ishida cheksiz ahamiyatga ega. Shuningdek, adabiy til savodli odamlar so‘zlashadigan, kundalik yangiliklarni uzatish dasturlarida, TV dasturlarida, kinoda va boshqa shu kabi o‘rinlarda ishlatilishi kerak.

    Tilimizni standartlashtirishni aniqlash uchun qilinadigan boshqa urinishlarni o‘rganish uchun foydali bo‘lishi mumkin: Fanlar akademiyasi qoshidagi o‘zbek tili, adabiyot va folklor instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kabi tegishli muassasalar, o‘zbek tili ekspertlari, professor-o‘qituvchilari til masalalarini tartibga solish, boshqarish yoki kiritilishi lozim deb topilgan o‘zgarishlarni ilgari surish maqsadida OAV orqali turli dasturlar tashkillashtirib, standartlashtirish jarayonida faol qatnashishlari lozim. Ularning vazifalari o‘zbek imlosi, so‘z boyligi majmuasi va grammatikani kodlashtirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu ishning maqsadi o‘zbek milliyligini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘ladi; bu juda ham muhim vazifadir, chunki, 1989-yilda qabul qilingan qarorga qaramay, 30 yildan keyin ham adabiy o‘zbek tilining mavqei tushib ketdi va mamlakatning ko‘p joylarida, ayniqsa Toshkentda bu sezilarli darajada muammoga aylandi. Agar ishlar shu yo‘sinda, ya’ni mintaqa shevalarini rasmiy vaziyatlarda haddan ortiq ishlatish davom etsa, 10-15 yillardan keyin bu holat O‘zbekistonni avlodlar va mintaqalar orasida lingvistik bo‘shliq paydo bo‘lib qolishi kabi boshqa bir hodisaga olib kelishi mumkin. Zamonaviy tarixda bunga ko‘p misol keltirish mumkin.

    Adabiy va adabiy bo‘lmagan shevalar va ularning ta’limda qo‘llanilishi

    O‘zbekistonning turli hududlarida qo‘llanladigan o‘zbek tilining variantlari — shevalarini adabiy va adabiy bo‘lmagan sinflarga ajratish mumkin. Adabiy sheva nufuzli, kodlashtirilgan variant bo‘lib, uning ijtimoiy mavqesi eng yuqori, va rasmiy vaziyatlar, holatlarda qo‘llaniladigan, va o‘zbek tilining ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yagona variantidir. O‘zbek tilining adabiy bo‘lmagan variantlari standartlashtirilmagan va rasmiy vaziyat, holatlarda qo‘llash uchun nufuzli emas. Demak, o‘zbek tilining standart/adabiy variantini til, va standartlashmagan variantini esa sheva deb hisoblash lozim.

    O‘zbek tili ekspertlari barcha TV dasturlariga, universitet ma’ruzalariga va ba’zan nashr qilinadigan materiallarga kirib kelgan tilning turli shevalariga baho berishlari lozim. Aksar mamlakatlar maktablarida tilning faqat adabiy varianti qo‘llaniladi va o‘qitiladi, adabiy bo‘lmagan variantlari esa maktablarda rasman taqiqlangan. Adabiy o‘zbek tili varianti tilning “kuchli”, “to‘g‘ri”, “yuqori” va “maqbul” shakli ekanligini bilsakda, tilimizning “kuchsiz”, “noto‘g‘ri”, “g‘aliz” va “mantiqsiz” shakllari deb hisoblanadigan adabiy bo‘lmagan variantlari uning o‘rniga ishlatilib kelinmoqda.

    Ta’limda shevalarning qo‘llanilishi talabalarning bilimlarni o‘zlashtirishi va muvaffaqiyatga erishishlariga ta’siri

    Shevalarning talabalarning o‘qishi va muvaffaqiyatlariga ta’siri ham ko‘p tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, ta’limda shevada so‘zlashuvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatilganligi kuzatilgan. Masalan, tadqiqot natijalariga ko‘ra, Gollandiyada shevalarda so‘zlashuvchilar til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va boshqa fanlarni o‘rganish va yutuqlarga erishishda muammolarga duch kelar ekan. Umuman, hamma yerda shevada so‘zlashuvchilar ta’lim olishda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan, shevalarda so‘zlashuvchilar darsda o‘qishni o‘rganishda qiyinchiliklarga uchraydi. Buning sababi esa talabalar darslik kitoblarida o‘z shevalarida oldindan taxmin qilsa bo‘ladigan xususiyat va tomonlarni topishlarining ehtimoli kamligidadir. Endi esa yosh bolalar milliy TV dasturlari va kinolarni tomosha qilishda o‘zbek tilining faqat Toshkent shevasidagi nutqni eshitishini va uning ular darslarda o‘zbek adabiy tilida yozilgan kitoblarni o‘qiganlarida tushunmovchilikka olib kelishini bir tasavvur qilib ko‘ring.

    Shuningdek, tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, adabiy tilda so‘zlashuvchilarda shevalarda so‘zlashuvchilarga qaraganda ko‘proq ustunlik, imkoniyatlar bo‘lishi ehtimoli bor ekan. Darslarda qo‘llaniladigan ko‘p o‘quv materiallari adabiy tilda tayyorlanadi va adabiy tilda so‘zlashuvchi talabalar uchun adabiy tildagi tovushlar va so‘z boyligi tanish. Demak, adabiy til variantida so‘zlashuvchilar uchun adabiy bo‘lmagan shevalarda so‘zlashuvchilarga qaraganda materiallarni o‘qish va ularni tushunish osonroq kechadi.

    Maktablarda adabiy bo‘lmagan shevalarga nisbatan salbiy taassurot va munosabat ham talabalarning o‘qishlariga ta’sir qilishi mumkin. Maktablarda o‘qituvchilar va sinfdosh-o‘rtoqlari biror bir adabiy bo‘lmagan shevada so‘zlashib ulg‘aygan talabalarning nutqi ustidan kuladi. Masalan, Buyuk Britaniyada breton, uels va gael tilida so‘zlashuvchilar masxara qilingan. Bu esa o‘z navbatida ularni darslarda jim o‘tirishga majbur qildi. Darsda sukut saqlab o‘tirgan talabalar boshqalar bilan barobar ta’lim ola olmaydilar va maqsadlariga erisha olmaydi.

    Aslini olib qarasak, ta’lim nazariyotchilari va ijtimoiy tilshunoslar (sotsiolingvistlar) orasida darslarda mintaqaviy shevalarga e’tibor berish so‘zlashuvchilarning ta’limda erishadigan yutuqlariga haqiqiy ta’sir o‘tkazishi borasida yakdillik mavjud. Men darslarda tilning talabalar so‘zlashadigan variantining ba’zida qo‘llanilishi talabalarga o‘z salohiyatlarini qo‘llash va chuqur bilim olishga erishishga yordam beradi deb ishonaman. Ta’lim jarayonida shevalarni qo‘llash masalasini nazarda tutish o‘rganuvchilarning maktabda va maktabdan tashqarida ijtimoiy, kognitiv (tushunish), emotsional va lingvistik rivojlanishini oshiradi. Biroq, bizning, tilshunoslar va til o‘qituvchilarining vazifamiz tilda nima “to‘g‘ri” va nima “noto‘g‘ri” ekanligini talabalarga aniq tushuntirib berish va ularga adabiy tilni o‘rganishning afzallik va ustunlik jihatlaridan naf olishlariga yordam berishdan iboratdir.

    17.12.2018, 16:46   Izoh (0)   65724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.