Olimlar koinotda qushga o‘xshash, o‘lchami Yernikidan 10 baravar ko‘proq katta bo‘lgan obyektni suratga oldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Rasm LASCO teleskoplari yordamida 24-may kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da olingan.
Tasvirda “qush” yoki “uchar kema” aniq aks etganday, uning ortida ”olovli iz” bor. “Qush” qanotining o'lchami taxminan 150 ming kilometrni tashkil qiladi, deyiladi xabarda.
Quyoshdan sirli obyektgacha bo'lgan masofa taxminan 2 million kilometrni tashkil qiladi va uning o'lchami “Yerdan 10 baravar kattaroq”. Olimlar bu hodisaga ilmiy asosda tushuntirish berish bo‘yicha muhokama o‘tkazishni taklif qilgan.
Istisno sifatida, mutlaqo har qanday versiyalar va har qanday munozaralarga, jumladan, o‘zga sayyoraliklar, plazma hayoti va fitna nazariyalariga ruxsat beriladi, deb hazillashdi olimlar.
Izoh (0)