O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr kuni Anqara shahrida ro‘y bergan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13-dekabr kuni Anqaradan Ko‘nyaga yo‘l olgan tezyurar poyezd lokomotiv bilan to‘qnashib ketgan. Poyezdning ikkita vagoni relslardan chiqib yer usti o‘tish joyiga borib urilib, uni vayron qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida 48 shaxs jabrlangan va 9 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)