Qoraqalpog‘istonda “Qorako‘lchilikni rivojlantirish” jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Jamg‘armaga mahalliy budjetdan 2 milliard so‘m ajratish nazarda tutilmoqda.
Ushbu jamg‘arma mablag‘larini qorako‘lchilik subyektlarida naslchilik ishlarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nasldor qorako‘l qo‘ylarini xarid qilish uchun imtiyozli kredit liniyalari shaklida yo‘naltirish belgilab qo‘yilgan.
Izoh (0)