Turkmanistondagi qator oliy ta’lim muassasalarida yilqichilik sohasiga daxldor mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu davlat rahbari ulardagi barcha yo‘nalishlarni bitta yaxlit OTMda birlashtirib, uni faqat ot industriyasi bo‘yicha kasblarga ixtisoslashtirish lozimligini qayd etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Shu munosabat mazkur mamlakat Bosh vaziriga yilqichilik sohasidagi mutaxassisliklarni yagona oliy o‘quv yurtida mujassamlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirig‘i berildi.
Izoh (0)