Moldova Konstitutsiyaviy sudi prezident Igor Dodonni vaqtinchalik lavozimidan chetlatdi, deb yozadi Meduza mahalliy OAVlarga tayanib.
Dodon Moldova parlamenti deputatlarining bir guruhi so‘rovi bilan chetlatildi. Bunga prezidentning parlament tomonidan takroran tasdiqlangan bir qator qonunlarni ma’qullashdan bosh tortgani sababchi bo‘ldi.
2016-yilda Moldova prezidentiga aylangan Dodon bunga qadar to‘rt marta lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirilishga ulgurgan, ularning hammasi parlament qabul qilgan qarorlarni tasdiqlashdan bosh tortgani bilan bog‘liq.
Izoh (0)