8-dekabr kuni “Orenburg — Yevroosiyoning yuragi” forumi doirasida o‘tkazilgan “Yevroosiyo mo‘jizasi” video, foto va animatsiya tanlovida “Buxoro” qisqa metrajli filmi g‘olib deb topildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.
Tanlovga 10 ta davlatdan 4 ta nominatsiya bo‘yicha 237 ta ijodiy ish qabul qilindi.
Tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiyadan ishtirokchilar qatnashdi.
Rossiya va o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan hamkorlikda ishlangan “Buxoro” filmi “Qisqa metrajli filmlar” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.
Izoh (0)