Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov BAAning “Sharja” klubida 2022-yilgacha to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
22 yoshli Shukurov 2017-yilda “Sharja” safiga o‘tgandi. Otabek bungacha “Bunyodkor”, “Masha’l” kabi klublarda to‘p surgan.
Shukurov joriy mavsum “Sharja” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritishga erishdi.
Izoh (0)