Moskvaning SSKA klubining 20 yoshli yarim himoyachisi Ilzat Ahmetov Rossiyada yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi, deb yozadi “Sports.ru”.
Ahmetov “Birinchi beshlik” sovriniga ega chiqdi. 20 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda 202 ball yig‘ib birinchi bo‘ldi. U bu yo‘lda Ivan Oblyakov (SSKA 177 ball), Dmitriy Skopintsev (“Rostov” 111) va Aleksandr Maksimenko (“Spartak” 104)ni ortda qoldirdi.
O‘tgan yili mazkur sovrin SSKA hujumchisi Fyodor Chalovga, undan oldin esa hozirda “Monako” futbolchisi bo‘lgan Aleksandr Golovinga nasib qilgandi. Mazkur sovrinni turli yillarda Aleksandr Kerjakov, Igor Akinfeyev hamda Aleksandr Kokorinlar ham qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)