5-dekabr kun Tinch okeanidagi Yangi Kaledoniya hududida magnitudasi 7,6 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tabiiy ofat epimarkazi 7,5 ming aholi yashaydigan Tadine qishlog‘idan 153 km janubi-sharqda joylashgan. O‘chog‘i 10 km chuqurlikda.
Sunamini oldini olish bo‘yicha Tinch okeani markazi sunami to‘lqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Hozirda jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)