AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning noqonuniy migratsiyadan yo‘qotishlarini chegara xavfsizligi xarajatlari bilan taqqosladi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Trampning ma’lum qilishicha, mamlakat noqonuniy migratsiyaga 250 milliard dollar yo‘qotmoqda. Chegara xavfsizligi xarajatlari devorni qo‘shib hisoblaganda 25 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
AQSh prezidentining qayd etishicha, chegara xavfsizligi “ikki oyda o‘zini-o‘zi qoplaydi”.
Izoh (0)