Yandex kompaniyasi Moskva shahrida 5-dekabr kuni o‘zining birinchi telefonini taqdim etdi.
Smartfon 5,65 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Shuningdek, qurilma Qualcomm 630 protsessoriga, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega. Qurilma korpusi shisha va alyuminiydan tayyorlangan, batareyaning sig‘imi esa 3050 milliamper-soatga teng. Telefon Android 8.1 tizimida ishlaydi.
“Yandeks.Telefon” “Alisa” ovozli yordamchisi bilan jihozlangan, uni har qanday dasturdan ishga tushirish mumkin. Shuningdek, smartfon raqamni aniqlovchi, foydalanuvchini spamerlar va botlardan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlardan ogohlantiruvchi vazifalarga ega.
Qurilmaning narxi 18 ming rubl (taxminan 270 dollar)ni tashkil qiladi va savdolar 6-dekabrdan boshlanadi.
Izoh (0)