DriveSavers kompaniyasi barcha xohlovchilarga har qanday avloddagi iPhone’ning blokirovkasini ochish usulini taklif qilmoqda. Bu usul o‘z qurilmasining parolini unutib qo‘ygan yoki vafot etgan oila a’zosining telefonini ochishi kerak bo‘lgan kishilar uchun taklif qilinadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kompaniya bu maqsadlar uchun shu paytgacha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘llanilgan “yangi texnologiya”dan foydalanadi.
Kompaniya texnologiyadan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yordam berish uchun foydalanmaslikka va’da bermoqda. Bu usulda telefon raqamlari va matnli xabarlardan tortib, surat va videolargacha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin bo‘ladi.
Biroq kompaniyaning barcha mijozlari telefonga egalik qilish huquqini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)