O‘zi yurar “Peresvet” lazer majmuasi Rossiya qurolli kuchlarining tajriba—jangari navbatchiligiga qo‘yildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
“Ushbu lazer majmuasi bilan qurolli kuchlarni jihozlash qurollanish davlat dasturi doirasida 2017-yildan boshlangan. Qo‘shinlarga lazer majmualari yetkazilishi bilan uni shaxsiy tarkib tomonidan o‘zlashtirish tashkillashtirilgan”,— xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Lazer majmualarini amalga kiritishni avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 1-mart oyida e’lon qilgandi. U rossiyaliklarga yangi qurol uchun nom topishni taklif qilgan. Ovoz berish natijasida unga “Peresvet” nomi berilgan.
Izoh (0)