Buxoro shahrida 3-dekabr kuni A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.S. IIBga murojaat qildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda shu yil 19-iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi J.S. fuqaro F.S.ga tegishli Captiva rusumli avtomashinasini 31000 AQSh dollariga sotib olishini, oldindan 2000 AQSh dollarini berib, qolgan 29000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, avtomashinani olib ketganligini va shu kunning o‘zida avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida J.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)