O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari ochildi. Bu haqda agentlik rahbari vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov ma’lum qildi.
Allamjonovga ko‘ra, ko‘pchilik agentlik faoliyatini faqatgina ommaviy axborot vositalariga litsenziya berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishdangina iborat deb deb tushunadi. Aslida agentlik ommaviy axborot vositalari, axborot almashuvi, matbuot, nashriyot, poligrafiya va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
“Zamonaviy sharoitda matbuot xodimlari oldida keng ko‘lamli vazifalar belgilanganki, ularga sohada jiddiy islohotlarsiz amalga oshirish imkonsiz. Agentlik sahifasida kutubxona, nashriyot, tipografiya va OAV faoliyatiga oid masalalar yoritiladi. Shuningdek, ushbu sahifa sohadagi muammolarni muhokama qilish maydoni bo‘lib, agentlikning samarali ishlashi uchun fikr almashish va takliflar uchun ochiq”, deya ta’kidlagan Allamjonov.
Ma’lumot uchun, agentlikning Facebook va Instagram’da sahifalari ochildi.
Izoh (0)