O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Polkovnik Raxmonov Shavkat Navruzovich Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, podpolkovnik Abduraimov Akmal Qo‘chqorovich Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga belgilandi.
Avvalroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmasida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)