• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda gaz quyish shoxobchalarida narxlar pasaydi, biroq yo‘lkira haqi tushgani yo‘q

    Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida joriy yil 16-noyabrda o‘rtacha 1 850 ming so‘mdan 2 100 so‘mgacha ko‘tarilgan bir kubometr metan gaz narxi 24-noyabrdan 1 900 so‘mgacha tushdi. Biroq yo‘lkira haqi pasaygani yo‘q. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya kilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparati raisi Husanboy Aliyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “Qisqa fursat davomida ko‘tarilishga ulgurgan yo‘lkira haqlari hozirgacha pasaygani yo‘q. Buni bizga kelayotgan murojaatlar soni ham isbotlab turibdi. 30-noyabrning o‘zida 87 ta shikoyat qabul qildik”, deydi u.

    Namangan shahrida yashovchi Naima Mamadaliyevaning aytishicha, ilgari Damas mashinalarida bir bekatga tushib-chiqish 1000 so‘m bo‘lgan, hozir esa 1500 so‘mga ko‘tarilgan. Taksida shahar markazidan To‘raqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh kichik tumanlarga borish esa 3000 ming so‘mdan 4 ming so‘mgacha oshgan.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    O‘zini Ahmadjon deb tanishtirgan yo‘lovchi Namangan shahrining 5-kichik tumanidan Nurobod dahasiga qatnov avval 1000 so‘m bo‘lgani, hozirga kelib yo‘lkira 1500-2000 so‘mdan kam emasligini aytdi.

    “Viloyat markazidan Yangiqo‘rg‘on tumani markaziga yengil mashinalar 16-noyabrgacha 3000 ming so‘mdan qatnar edi. Keyin 4 ming so‘mga ko‘tarildi. Gaz quyish shoxobchalarida narx pasayganini eshitib xursand bo‘lgandik, afsuski, hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Bordi-keldi 8 mingga tushyapti. Albatta, bu menga o‘xshash talabalar uchun baland narx”, — deydi Yangiqo‘rg‘on shaharchasida yashovchi Feruzbek Ergashaliyev.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Husanboy Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, viloyat aholisi tomonidan yo‘lkira haqi yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganligini inobatga olib, joylarda reydlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yaqin orada “O‘zavtotrans” agentligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarda “Shartli yo‘lovchi” tadbiri o‘tkaziladi. Tadbirda asossiz ravishda yo‘l haqini ko‘tarib olgan haydovchilar aniqlanib, tegishli choralar ko‘riladi. Zarur hujjatlarsiz kirakashlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham aniqlanadi.

    Viloyat aholisidan o‘zboshimchalik bilan narxlarni ko‘targan yo‘nalish haydovchilari haqida ma’lumot to‘plashda ko‘maklashish so‘ralgan: reydlar asosan shikoyatlar ko‘p tushgan manzillarda o‘tkaziladi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Namangan shahridan tumanlardan biriga qatnovchi, ismini ochiqlashni istamagan haydovchining ta’kidlashicha, yo‘lkira haqining ko‘tarilish-tushishini faqat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi metan gaz narxiga qarab baholash noto‘g‘ri.

    “O‘zingiz o‘ylang, 16-noyabrdan keyin faqat gaz emas, benzin, elektr va boshqa narsalarning ham narxi oshdi-ku? Haydovchilar ham tirikchilik qilishi, bola-chaqasini boqishi kerak. Ustiga-ustak, qish mavsumi kelishi bilan sovuqda ‘zapravka’larda soatlab navbatda turibmiz, vaqt yo‘qotyapmiz, buni ham hisobga olish kerak”, deydi u.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”
    04.12.2018, 20:21   Izoh (0)   31195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm viloyati IIB boshlig‘i va Navoiy viloyati IIB boshqarma boshlig‘i tayinlandi

    04.12.2018, 20:15

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha 20 ta yangi GES quriladi

    04.12.2018, 20:07

    “Toshkent—Xo‘jand—Qo‘qon—Toshkent” yo‘nalishida sinov avtobusi yo‘lga chiqdi

    04.12.2018, 19:56

    Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH rahbarlari norasmiy uchrashuvida qatnashadi

    04.12.2018, 19:25

    Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    04.12.2018, 19:12

    Samarqanddagi “Saxovat” uyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi (foto)

    04.12.2018, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.