IIV xabar berishicha, 2018-yilning 1-dekabr kuni fuqaro O‘.Yo. Hyundai avtomashinasini Toshkent shahar Olmazor tumanining Sag‘bon ko‘chasida haydab ketayotib, to‘satdan sog‘ligi yomonlashganligi sabab boshqaruvni eplay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda T.I. (ismli ayol)ni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan ikkita Damas, “VAZ-2106”, Isuzi hamda Spark rusumli avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Hyundai avtomashinasi haydovchisi O‘.Yo. kasalxonada vafot etgan. Piyoda T.I. esa jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)