2018-yilning 1-dekabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tuman N.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 30-noyabr kuni 2 noma’lum qiz “Oybek” MFYda uning birga yashovchi 7 yoshli qizining qulog‘idagi bir juft ziraklarini yechib, olib ketganliklarini ma’lum qilgan, deya xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zafarobod tuman Iqtisod kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchilari D.J. va M.I. ismli qizlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)