• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xushnud Xudoyberdiyev: Toshkentda doimiy propiska o‘ziga xos biznesga aylandi

    Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun doimiy propiska O‘zbekistonda bir necha yillardan buyon dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev fikr yuritgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ilgari doimiy propiska shunchaki to‘siq va taqiq bo‘lgan bo‘lsa, endilikda o‘ziga xos biznesga aylangan.

    Masalan, 2017-yil 19-iyul kuni “Toshkent respublikasi”dan bo‘lmagan “ajnabiy” O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi qoida kuchga kirdi: eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan qimmatroqqa yangi uy sotib olganlarga Toshkent propiskasi beriladi. O‘sha paytda bu miqdor 374 million so‘mni tashkil etar edi. Bu qaror qimmat uy-joy quradigan tadbirkorlarning lobbisi bo‘lmagan edi, ishonamiz.

    Ushbu qarorda hukumat nafaqat elit toifadagi tadbirkorlar, balki davlat budjetini ham “unutib qo‘ymadi”. Ya’ni notariuslar uy-joy oldi-sotdisining 5 foizi miqdorida davlat boji undira boshladi. O‘sha paytda bu 18 million 721 ming so‘mni tashkil qilardi. Mo‘may daromad, shunday emasmi?

    Yaqinda qarorga o‘zgarish kiritildi. Xususan, endilikda “Toshkent respublikasi”da doimiy propiska olish uchun albatta EKIHning 2500 baravaridan kam bo‘lmagan uy olish tartibi bekor qilindi. Buning uchun qiymati qancha bo‘lishidan qat’i nazar qurilganiga 3 yil bo‘lmagan ko‘chmas mol-mulk sotib olsa kifoya.

    Ammo 5 foizlik davlat boji saqlab qolindi. Kamiga davlat boji EKIHning 10 baravaridan kam bo‘lmasin, deya belgilashdi.

    Bu nima degani?

    Masalan, ma’lumotlarga qaraganda, Sirg‘ali tumanida qurilayotgan 72 kvadrat metr maydonga ega yoshlar uyi 272 million 862 ming so‘mga baholanayotgan ekan. Keling, xuddi shu uy uchun davlat boji doimiy propiskasi bor va yo‘qlar uchun qanchaga aylanishini hisoblab ko‘ramiz.

    Davlat boji stavkalari bo‘yicha, agar shu uyni doimiy propiskaga ega “Toshkent respublikasi” fuqarosi sotib olsa, davlatga 202 ming 730 so‘m boj to‘laydi.

    Xuddi shu uyni doimiy propiskasi yo‘q (balki Toshkentda 10 yildan buyon yashayotgandir, kim bilsin) boshqa fuqaro (u O‘zbekiston fuqarosi, lekin Toshkentniki emas) sotib olsa, davlatga 13 million 643 ming 100 so‘m boj to‘laydi.

    Hukumat bitta uy uchun o‘zining fuqarolariga ikki xil narxda boj belgilayapti va bu farq ming emas, bir necha millionlarni tashkil etyapti. Vaholanki, ikkisi ham teng huquqli fuqaro, ikkisi ham teng soliqlar to‘laydi, ikkisi ham saylovda bir xil ovozga ega, ikkisining ham bir xil pasporti bor.

    Bu hali hammasi emas. Mabodo o‘sha sotib olingan uyni 3 yil ichida boshqa shaxsga sotish zaruriyati tug‘ilib qolsa (issiq jon, hayot beshafqat, kimgadir “srochno” pul kerak bo‘lishi mumkin), unda bu ham ikki xil baholanadi.

    Doimiy propiskaga ega “oqsuyaklar” o‘z uylarini 3 yil ichida sotmoqchi bo‘lsa, davlatga yana o‘sha EKIH 1 baravari, ya’ni 202 ming 730 so‘m boj to‘laydi.

    Lekin yangi uy sotib olib, Toshkentda doimiy propiskaga ega chiqqan O‘zbekiston fuqarosi shu uyni 3 yil ichida birovga sotmoqchi bo‘lsa, EKIHning 400 baravari, ya’ni 81 million 92 ming so‘m davlat boji to‘laydi.

    Yana qaytaraman, bu ikkisi ham O‘zbekistonning teng huquqli fuqarolari. Ular ikkisi ham oxirgi varag‘iga “Ushbu pasport egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir” deb yozilgan bir xil pasportga ega. Ularning asosiy farqi pasportining 7-10 varag‘idagi shtamplarda, xolos. Ming afsuski, mana shu birgina shtamp tufayli fuqarolarning biri ikkinchisidan 400 baravar qadrsizroq.

    Xullas, shunaqa gaplar. Aytgancha, O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forumlar o‘tkazildi. Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlashda erishgan yutuqlarini maqtashyapti. Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin.

    02.12.2018, 16:02   Izoh (0)   46918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada MIB elektr tokini noqonuniy ishlatayotgan fuqarolarni aniqladi

    02.12.2018, 15:30

    Toshkentda bir-biri bilan mushtlashgan bir guruh qizlarning shaxsi aniqlanmoqda

    02.12.2018, 15:08

    Xorazmda bir kunda 5 nafar hokim almashdi

    02.12.2018, 14:55

    Toshkentda qarindoshining uyidan chiqib bedarak yo‘qolgan 8-sinf o‘quvchisi qidirilmoqda

    02.12.2018, 14:38

    Marg‘ilonda MIB 2 nafar fuqaroning elektr tokidan sun’iy qarzdorlik muammosini hal qildi

    02.12.2018, 13:47

    Shavkat Mirziyoyev Laos prezidentiga qutlov yo‘lladi

    02.12.2018, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.