Vashington “Skripallar ishi” bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ikkinchi qismini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2-dekabr, yakshanba kuni AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga qaraganda, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash kimyoviy va biologik qurol ustidan nazorat va uni harbiy maqsadda qo‘llashni taqiqlovchi 1991-yilgi qonunda ko‘zda tutilgan.
AQSh “Skripallar ishi” bo‘yicha sanksiyalarning birinchi qismini 27-avgustda joriy etgan edi. Moskva 90 kun ichida bir qator shartlarni bajarmasa, uning ikkinchi qismi joriy etilishi kutilgan.
Sanksiyalarning ikkinchi qismi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, Amerikaning istalgan tovarlarini Rossiyaga eksport qilishni deyarli to‘liq taqiqlash, shuningdek, Rossiya tovarlari, jumladan, neft va neft mahsulotlari importini taqiqlashni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinuvchi har qanday aviakompaniya samolyotlarining AQSh hududida qo‘nishini taqiqlaydi.
Izoh (0)