AQShning Florida shtatida yengil motorli samolyotning autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar terapiyasi markaziga qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 2-dekabrga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Halok bo‘lganlarning ikkisi ham samolyot bortida bo‘lgan.
Samolyot bino tomiga qulagandan keyin yong‘in ro‘y berdi, biroq tezda bartaraf etildi. Markazdan 5 nafar bola va 8 nafar katta yoshdagi evakuatsiya qilindi, ular jabrlanmagan.
Izoh (0)