Xitoyning Gionee smartfonlari ishlab chiqarish kompaniyasi asoschisi va rahbari Lyu Liron kazinoda katta summa yutqazib, kompaniyasini bankrotlikka yetkazdi, deb yozadi Tech in Asia.
Biznesmen kazinoda 10 milliard yuan (1,4 milliard AQSh dollar) yutqazdi. Tadbirkor Gionee’ga tegishli pullarni ham yutqazib qo‘yganini tan oldi. Aniq summa haqida u dekabr oyida kompaniya bankrotlik tadbirlarni boshlaganda aytishga va’da qildi.
2002-yilda tashkil etilgan Gionee faoliyatining dastlabki yili simli telefonlar, keyinroq esa smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Kompaniya raqobatni yengib, xalqaro bozorga chiqa olmadi. Rahbariyat omadsizliklarni marketingga sarflangan pullar bilan bog‘laydi. 2016-yildan Gionee har oy 29 million AQSh dollar yo‘qotgan.
Izoh (0)