Gruziyadagi prezident saylovlarida g‘alabaga mustaqil nomzod Salome Zurabishvili erishmoqda, deb yozadi Tengrinews.
Gruziya Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 98,5 foizini hisoblab chiqqanidan keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, Zurabishvili qariyb 60 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Uning raqibi, muxolifatchi Grigol Vashadze esa ovozlarning deyarli 40 foizini to‘pladi.
Avvalroq saylovlarda hukmron “Gruzinskaya mechta” partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Zurabishvilining g‘alabasini bir yo‘la ikkita ekzitpol — hukumatparast va muxolifat ekzitpollari ma’lumotlari tasdiqlagan edi.
Saylovda saylovchilarning 56,23 foizi qatnashdi.
Izoh (0)