• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Andijonlik 13 yashar qiz hokimlik binosining 3-qavatidan o‘zini tashladimi?

    “Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 13 yoshli qiz o‘zini hokimlik binosidan tashlab yuboribdi” mazmunidagi xabarlar internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida mazkur tumanga yo‘l oldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 24-noyabrga o‘tar kechasi Xo‘jaobod tuman IIB xodimlari tomonidan tungi tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida profilaktika inspektorlari kechki soat 00:20 lar chamasida Xo‘jaobod shahri, Uzunko‘cha ko‘chasidan o‘tib ketayotgan vaqtda tuman xokimligi binosining 3-qavatida musiqa ovozlari yangrayotganini eshitadi.

    Ular yuqoriga chiqib, shovqin-suron jarang sochayotgan xona eshigini taqqilatadi. Ichkaridan spirtli ichimlik iste’mol qilgan 25 yoshli D.A. eshikni ochadi. Uning ortidan ikki nafar yigit — 23 yoshli A.Q, 22 yoshli M.T hamda 15 yoshli qiz N.T. shirakayf holatda chiqib, voyaga yetmagan hamrohlari — 13 yoshli qiz G.A. qo‘rqqanidan pastga o‘zini tashlab yuborganligini aytadi.

    G.A. o‘sha zahotiyoq tuman markaziy shifoxonasiga yotqiziladi. Ayni paytda mazkur xolat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

    Qizning hozirgi ahvoli qanday ekanligini bilish uchun tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilariga murojaat qildik. Ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda qayd etilishicha, shu yilning 24-noyabr kuni soat 01:40 da tuman IIB xodimlari tez tibbiy yordam mashinasi chaqirtirgan va G.A. tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan.

    Unga bosh miya chayqalishi, ikkala qo‘li bilak sohasidan, chap qo‘l chig‘anoq bo‘g‘im sohasidan, burun suyagi va pastki jag‘ining yopiq sinishi, tana yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Bemor malakali shifokorlar nazoratida qat’iy reja asosida davolanmoqda. Uning hozirgi holati qoniqarli.

    Surishtiruv davomida tuman hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘limi bosh mutaxassisi Fayzullo Abdurazzaqov hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Shohruhbek Hamdamovga sim qoqdik. Afsuski, ular murojaatimizga javob bergisi kelmay, paysalga soldi.

    Qayta-qayta qo‘ng‘irog‘imizga oxiri tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustambek Egamberdiyev javob berdi:

    “Ko‘rgan bo‘lsangiz, ayni paytda tuman hokimligi binosida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etyapti. Davlat tashkilotlari bo‘limlari ham turli binolarda vaqtinchalik faoliyat yuritmoqda. Ochig‘i, bu voqeani eshitib, avvalgiga ishonmadim. O‘sha kuni tong otgach, to‘g‘ri tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga otlandim. G.A.ning onasi bilan suhbatlashib, uning holatini ko‘zdan kechirdim. Endigina 13 yoshni qarshilagan qizning ota-onasi ajrashib ketgan, oyisi kafeda ofitsiant bo‘lib ishlarkan. Shu oilada voyaga yetayotgan qizga ichim achishdi. Aslida ayrim OAVlarda yozilganidek, qiz o‘zini atay pastga tashlamagan. U yashirinish maqsadida parda ortiga berkinmoqchi bo‘lgan. Ammo tasodifan 3-qavatdan yiqilib tushgan. Bu voqea sabab deyarli har kuni yig‘ilishlar o‘tkazilyapti. Nosog‘lom oilada ulg‘ayayotgan yoshlar ro‘yxatini yanada kengroq va puxta shakllantirish kerakligi oydinlashib qoldi”.

    Xullas, Xo‘jaobodda shunday gaplar. Ularga qanday baho berishga ham hayronsan. Aslida bunga hojat ham yo‘qdek. Hokimlikdek qo‘riqlanadigan, tumanning bosh idorasi bo‘lgan binoda shu voqea ro‘y bersa, ustiga-ustak, uning yosh “qahramonlari” tunda, mast holatda bo‘lsa, bunday ko‘ngilsizliklardan tashqari yana nimani ham kutish mumkin edi?

     

     

     

    29.11.2018, 09:32   Izoh (0)   52847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deraza ostidagi “tungi kapalaklar” yoxud Chilonzorni fohishalardan tozalashda yordam so‘rayotgan fuqarolar

    29.11.2018, 09:31

    Tabiiy gaz hisoblagichini yechish va o‘rnatishga onlayn tarzda ariza yuborish mumkin bo‘ldi

    29.11.2018, 08:25

    Shayx hazratlarining asarlari Rossiyada tasdiqlangan islomiy adabiyotlar ro‘yxatiga kiritildi

    29.11.2018, 08:17

    Tuman sababli Toshkent aeroporti bir qator reyslarni qabul qila olmadi

    29.11.2018, 08:08

    Bosh prokuratura Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘adi

    29.11.2018, 08:02

    Qashqadaryoda 47 ta yosh oila uyli bo‘ldi

    29.11.2018, 06:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.