“O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasi tayyorlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Nizom Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning qo‘shma qaroriga muvofiq Respublikada “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Yevropa davlatlariga mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, SЕ markirovkani mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llash uchun, Turkiya, Ukraina, Germaniya va Slovakiya davlatlarining sertifikatlashtirish idoralari bilan muzokaralar o‘tkazildi hamda tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Kelishuv loyihalari ishlab chiqilgan.
Izoh (0)