2018-yilning 4-dekabridan e’tiboran Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Novosibirskdan Namanganga muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Tolmachevo aeroportidan parvozlar haftaning seshanba kunlari Airbus A320 laynerlarida amalga oshiriladi. Novosibirskdan parvoz soat 13:55 da, Namanganga qo‘nish esa mahalliy vaqt bilan soat 14:55 amalga oshiriladi. Ortga qaytish soat 16:25 da bo‘lib, Novosibirskga soat 21:20 da qo‘nadi.
“Biz MDH mamlakatlariga yo‘nalishlarni kengaytirish ustida ish olib bormoqdamiz va yo‘lovchlarga yangi Novosibirskdan O‘zbekistoning aholi soni bo‘yicha ikkinchi sanalgan Namanganga shahriga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni taklif etishdan mamnunmiz. S7 Airlines bugungi kunda Sibir poytaxtidan Toshkent va Farg‘onaga ham qatnov yo‘lga qo‘ygan, 2019-yilda Buxoroga ham parvozlarni boshlaydi”, – deydi Igor Veretennikov, S7 Group tijorat direktori.
Izoh (0)