NASA’ning sayyoralararo avtomatik stansiyasi “Insayt” Mars yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar berdi “Meduza”.
Apparatning qo‘ngani haqidagi signal Moskva vaqti bilan 22:54 da olingan.
“Insayt” Mars yuzasiga soatiga sakkiz kilometr tezlikda qo‘ngan. Uning soatiga 20 ming kilometrni tashkil etgan tormoz berish jarayoni yuzaga 125 kilometr masofa qolganida boshlangan.
“Insayt” NASA tomonidan Marsga so‘nggi 20 yil ichida muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan to‘rtinchi modul hisoblanadi.
Izoh (0)