Ukrainaning uch nafar sobiq prezidenti — Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma va Viktor Yushenko mamlakatda harbiy holat joriy qilinishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qo‘shma bayonot qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bayonotda harbiy holat joriy qilinishining maqsadga muvofiqligiga nisbatan shubha bildirilgan, chunki bunday holat bilan fuqarolarning bir qator huquqlari cheklanadi. Shuningdek, qaror siyosiy motivlarga ega ekanligi aytilgan, chunki 2014-yildan buyon harbiy holatni talab qiluvchi bir nechta vaziyat yuz bergan.
Sobiq prezidentlarning qayd etishicha, agar deputatlar harbiy holat joriy qilinishi mumkinligiga qaror qilsa, ular saylovlarning bekor qilinishi hamda odamlarning huquq va erkinliklari cheklanishi haqidagi me’yorni bekor qilishi kerak.
Izoh (0)