Moskvada biznesmenning 4 ming yevrolik velosipedini o‘g‘irlab ketishdi, deb yozadi “RIA Novosti” huquq-tartibot organlariga tayanib.
Erkak politsiyaga ma’lum qilishicha, uning Merida velosipedi velokompyuter, akkumulyator va ikkita chiroq bilan jihozlangan. Hodisa yozda sodir bo‘lgan.
Ayni paytda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masala ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)