Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatida joylashgan harbiy bazada yuz bergan portlash oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi turli darajada yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Portlash baza hududidagi masjid binosida sodir bo‘lgan. Qurbonlar va yaradorlarning katta qismini afg‘onistonlik harbiy xizmatchilar tashkil etadi.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, portlashni xudkush terrorchi amalga oshirgan.
Izoh (0)