22-noyabr kuni Chimkent—Samara trassasida, Aralsk shahridan 40 kilometr uzoqda Chimkent— Novosibirsk yo‘nalishidagi avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Today.kz” xabar berdi.
Avariya chog‘i avtobus salonida O‘zbekistonning 37 nafar fuqarosi bo‘lgan.
“Hodisa tufayli 2 kishi kasalxonaga yotqizildi, ularning hayoti xavf ostida emas. Bir yo‘lovchi jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etdi. 17 nafar yo‘lovchi trassa bo‘yidagi mehmonxonada joylashtirildi”, — deyiladi Qizilo‘rda viloyati akimi matbuot xizmati xabarida.
Avtobusning qolgan yo‘lovchilari mustaqil ravishda Novosibirskka yo‘l olgani bildirilmoqda.
Izoh (0)