Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat Xavfsizlik kengashiga dushmanning yadroviy bo‘lmagan zarbalariga javoban atom jangovar kallaklarini qo‘llashni taklif qildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Harbiy ekspert Oleg Jeltonojkoga ko‘ra, G‘arb davlatlarining harbiy harakatlari tajribasi ular mojaroni qanotli raketalar yordamidagi ko‘p sonli zarbalardan boshlashini ko‘rsatmoqda. Rossiyada esa bir paytning o‘zida yuzlab raketalarni qo‘llash imkoniyati mavjud emas. Shu bois yirik yadroviy bo‘lmagan va gipertovushli qurolga qarshi yadro jangovar kallaklarini qo‘llash munosib javob bo‘ladi.
Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, gap “Bulava”, “Yars” yoki “Topol-M” turkumidagi ulkan qit’alararo raketalar haqidagi ketayotgani yo‘q. Rossiyaning harbiy arsenalida kam quvvatli taktik yadro aslahalari ham yetarli.
Izoh (0)