AQSh prezidenti Donald Tramp ba’zi OAVlar Shukronalik kuni (bu yil AQShda 22-noyabr kuni nishonlanadi) arafasida benzinning juda past narxi tufayli yuzaga kelayotgan tirbandliklarda uni ayblayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Bugungi katta voqea mening juda katta bosim o‘tkazganim (OPEKga) va benzinga juda past narxlarga erishganim bo‘ldi, natijada yo‘llarga ko‘proq avtomobilchilar chiqdi, men butun mamlakat bo‘ylab yo‘l tirbandliklarini keltirib chiqardim. Meni kechiringlar!” — deb yozdi Tramp o‘z Twitter’ida.
The Times qayd etishicha, avtohavaskorlar neft arzonlashishi tufayli benzin narxi ancha pasayganidan foydalanib qolgan. Bir oy ichida benzin 25 sentga arzonlashib, bir gallon uchun 2,60 dollargacha tushgan, to‘qqizta shtatda esa hatto 2 dollardan ham pasaygan.
Izoh (0)