Falastinning HAMAS harakati delegatsiyasi Falastin yarashuvini hamda G‘azo sektoridagi blokadani to‘xtatishni muhokama qilish maqsadida Qohiraga yo‘l oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
HAMAS siyosiy byurosi raisining o‘rinbosari Saloh al-Aruriy boshchiligidagi delegatsiyaning Qohiraga tashrifidan ko‘zlangan maqsad ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va G‘azo sektoridagi blokadani Falastin birligiga erishish orqali to‘xtatish hisoblanadi.
O‘tgan haftada Misrning aralashuvi bilan falastinliklar va isroillik harbiylar o‘rtasidagi so‘nggi to‘rt yildagi eng intensiv qurolli qarshilik to‘xtatildi.
Izoh (0)