Qozog‘istonning Petropavlovsk shahridagi Botanika bog‘ida tarixiy voqea yuz berdi — 150 yillik agava (tropik o‘simlik) birinchi marta gulladi, deb yozadi Tengrinews.
Ta’kidlanishicha, bu o‘simlik hatto tabiiy sharoitlarda ham 50, ba’zan 100 yilda bir marta gullaydi. 150 yoshli agava esa bu yerda biror marta gullamagan va hosil bermagan. Endi esa bir necha oylar davomida o‘simlikda birma-bir gullar ochila boshlaydi.
Tabiatda agava gullaganidan keyin kuchini yo‘qotib, nobud bo‘ladi, ammo qurib bitgan o‘simlik asosida yosh novdalar paydo bo‘ladi.
Ushbu agava 1912-yilda Petropavlovskka Sankt-Peterburg botanika bog‘idan keltirilgan.
Izoh (0)