Berdax Saparov Qo‘ng‘irot tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati rahbari Chorjav Elmuratov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
U shu paytgacha Xorazm viloyati hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.
2016-yilning oktabr oyidan Qo‘ng‘irot tumanini boshqarib kelgan Sharaprashid Temirbayev faoliyatini ichki ishlar tizimida davom ettirishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘istonning To‘rtkul tumaniga ham hokim tayinlangani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)