O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Bonu” nomli romani nashr etildi. Bu haqda Turon 24 xabar bermoqda.
Adabiyotshunos Ibrohim G‘ofurovning aytishicha, roman ko‘p fojiali damlar, fojiali sho‘rishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni o‘z boshidan kechirgan Bonu ismli go‘zal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar, xotiralar tarzi-usulida bitilgan”.
Ushbu asar Iqbol Mirzoning ilk romani, bundan oldin “Zarb” nomli qissasi chop etilgandi.
Shu paytgacha muallifning “Yurakning shakli”, “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” va boshqa she’riy kitoblari chop etilgan.
Izoh (0)