AQShlik Mark Ris bir necha yillardan beri Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Markning aytishicha, asar tarjimasi yakunlangan. U hozirda “O‘tkan kunlar”ning elektron kitobini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.
Elektron kitobda asarning videolavhalari va qo‘shimcha izohlar bo‘lishi ham kutilmoqda.
Kitob kelgusi yil aprel oyigacha chop etiladi. “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi tarjimasi Nyu-York va Vashingtonda metro hamda ko‘chalarda reklama qilinadi.
Izoh (0)