15-noyabr kuni reper Kanye Uest Twitter’ga Backstreet Boys guruhining I Want It That Way qo‘shig‘ini bir necha kishi bilan kuylayotgani aks etgan suratni joyladi, deb yozadi TJournal.
U surat qachon va qayerda olingani, karaokedagi sheriklari kimligiga aniqlik kiritmadi. Ammo o‘ng tomonda turgan yigit kimligini Twitter foydalanuvchilarining o‘zlari topdi va u haqiqatan ham Mark Sukerberg yoki yo‘qligini qiziqib so‘ray boshladi.
Uest muxlislarining savollariga javob bermadi, ammo G‘arb OAVlari u haqiqatan ham Facebook rahbari Mark Sukerberg ekanligini ishonch bilan qayd etdi.
Nashr eslatishicha, 2016-yilda Uest Twitter orqali Sukerbergga yordam so‘rab murojaat qilgandi: u katta qarzi borligini ma’lum qilib, Facebook asoschisidan uning g‘oyalariga 1 milliard dollar investitsiya kiritishni so‘ragan edi. Keyinroq konsertlaridan birida Uest Sukerberg unga qo‘ng‘iroq qilmaganini aytgandi.
Izoh (0)