14-noyabr soat taxminan 03:35 larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 “Toshkent—Samarqand” yo‘nalishining 13-kilometrida, yuk avtomashinasi yo‘ldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan ma’lumot kelib tushdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar D.Xudoyberdiyev, O.Qorayev, Q.Turg‘unboyev, O.Mamatkarimovlar zudlik bilan voqea joyiga yetib boradi.
Shundan so‘ng, qutqaruvchilar yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqdi. Jabrlangan fuqaro hamda yo‘lovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlashtirish bo‘limiga yetkazdi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi.
Izoh (0)