Rossiyaning Leningrad viloyatidan deputat Vladimir Petrov Rossiya hukumatiga Leninni 2024-yilda — o‘limiga 100 yil to‘ladigan vaqtda dafn qilishni taklif etdi, deb yozadi “RBK”.
An’anani buzmaslik uchun esa u Maqbaraga Leninning mum yoki rezinadan yasalgan nusxasini joylashtirish taklifini ilgari surdi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bu budjet mablag‘ini ancha tejaydi, chunki Lenin jasadini o‘z holaticha saqlab turish juda qimmatga tushadigan jarayonlardan iborat.
Ammo Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov deputatni ushbu taklifi uchun g‘alamis (provokator) va ablah deb atadi.
“Mening fikrimcha, Lenin milliy udumlar va pravoslav rasm-rusumlarga muvofiq dafn qilingan. Suqilish, titkilash va rasvolashtirishga urinishlarni biz butunlay nomaqbul deb qabul qilamiz”, — dedi u.
Izoh (0)